Qishloq xo’jalik korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish
bilan birga, mahsulot sifatini yaxshilash, tannarxini pasaytirish, sotishdan
olinayotgan foyda miqdorini ko’paytirishda, ishlab chiqarish faoliyatini mo’tadil
yurgizish va uning samaradorligini oshirish uchun asosiy vositalar bilan
ta’minlangan va ulardan samarali foydalangan bo’lishi qishloq xo’jalik korxonalari oldida turgan muhim vazifalardan hisoblanadi. Chunki asosiy vositalardan
foydalanish samaradorligining oshishi mahsulot tannarxini pasaytirish, olinayotgan
foyda miqdorini ko’paytirish bilan birga, qishloq xo’jalik korxonalarini
iqtisodiyotini mustahkamlashga, mehnat unumdorligining oshishiga olib keladi.