O`qituvchi "Qulay testlardan foydalanish" interfaol usulidan foydalanib, o`tilgan mavzuni so`rashi mumkin. O`qituvchi o`tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida 30 ta test tayyorlaydi, har bir testda 5 savol bo`ladi. 10 test bir xil va bu 10 testga 1 raqami qo`yiladi. 2 o`nta test bir xil bo`lib, 2 raqami qo`yiladi. 3 o`nta test bir xil bo`lib, 3 raqami hammasiga qo`yiladi. Test sinovi bilan birgalikda raqamlar qo`yilgan varaqa tarqatiladi, o`quvchilar ismi shariflarini yozib, belgilab o`qituvchiga beradilar. O`qituvchida ham 3 ta test javobi raqamlar asosida bor bo`ladi. O`qituvchi o`quvchilardan javob varaqasini olib o`z qo`lidagi test javobini ustiga qo`yib, nechta test javobi to`gri, nechta test javobi xato ekanligini tezda aniqlashi mumkin. (O`tilgan mavzuni o`quvchilar qanday o`zlashtirgani aniqlanadi.)