Uyga vazifa! Ha, o`quvchi salohiyatini belgilashda aynan uyga vazifalarining o`rni beqiyos. Ayniqsa, ularga ijodiy yondashsa yaxlit bir asarga aylanadi. Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa va san’at akademik litseyining bir guruh iqtidorli o`quvchilari tomonidan yaratilgan qiziqarli uyga vazifalari ijod qilingan. Ushbu kitob ona tili va adabiyot o`qituvchilari uchun uslubiy qo`llanma, o`quvchilar uchun ijodiy to`plam va barcha qiziquvchilar uchun esa qiziqarli manba bo`lib xizmat qiladi.