Qo`lingizdagi ushbu kitob pul, kredit va banklar haqida o`quv qo`llanma bo`lib, unda pul muomalasi, kredit tizimi va banklar faoliyatini tashkil etish asoslari ko`rsatib o`tilgan. Qo`llanmada, shuningdek, pulning zarurligi, funksiyalari, milliy valutaning muomalaga kiritilishi, kredit va uning shakllari, kredit tizimi, uning tarkibi, kredit muassasalari, banklarning tashkil topishi, rivojlanishi, O`zbekiston Respublikasi bank tizimining tashkil topishi va rivojlanishi, bank faoliyati barqarorligi va likvidliligi to`g`risida fikr yuritilgan. Bir qator bank operatsiyalari, shu jumladan, bankning aktiv, passiv va boshqa operatsiyalari nazariy jihatdan hozirgi zamon talablari asosida yoritib berilgan.