Energetik tizim – murakkkab bo`lgan ko`p pog`onali texnik tizimdan iborat bo`lib, u elektr energiyani ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol qilish uchun mo`ljallangan. Hamma ishlab chiqarish texnologik jarayonlar o`z navbatida energetika tizimida energiya ishlab chiqarish, taqsimlash va ist’emol qilishning borish tezligiga o`zaro bog`liqligi bilan ajralib turadi.
Energetika tizimida elektr jihozlarining har xilligi, turliligi bilan muhim xarakterlanish tamonlari bo`ladi. Energetik tizim tarkibiga o`z navbatida generatorlar, transformatorlar, yuqori kuchlanishli energiya uzatish liniyalari kommutatsiya apparatlari: uzgichlar, ajratgichlar, ulchovchi, o`zgartgichlar, tok va kuchlanish transformatorlari, nazorat vositalarini boshqarish va nazorat qilish kiradi. Odatda normal ish rejimi uchun bu tizimning birlamchi energiyasini o`zgartirib elektr energiyaga aylantirish va uni iste’molchiga uzatuvchi sifatida qarash mumkin. Ammo elektr jihozlarining buzilishi hisobga olinmasa bu tizimni ishga yaroqsiz holatga keltirish mumkin.