Mazkur maruza matnida Fanni o`qitishdan maqsad- talabalarda sotsiologiya fani mazmuni va mohiyati, sotsiologiya mutaxassisligining jamiyatdagi o`rni, xususiyatlari va kelajagi to`g`risida tasavvurlarni paydo qilish, ijtimoiy hayot muammolari yechimiga mos keladigan taklif va tavsiyalar mexanizmini ishlab chiqishda mazkur fanning roli haqida bilim, ko`nikma va malakalarini shakllantirish. Fanning vazifalari- talabalarga jamiyat taraqqiyotidagi ijtimoiy muammolarni sotsiologik nuqtai nazardan tushuntirish hamda fanning dolzarb masalalarini yechishning uslub va uslubiyotlarini, sotsiologik tahlil va tavsiyanomalar yaratishni o`rgatish.«Sotsiologiya» o`quv fanini o`zlashtarish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- jamiyatni yaxlit ijtimoiy tizimligi, shaxs va jamiyat munosabatlari,
ijtimoiy hodisalar va muammolarga sotsiologik yondashish, ijtimoiy
taraqqiyotning asosiy omillari, ijtimoiy hayot faoliyatini
muvofiqlashtiradigan sotsial institutlar faoliyati tahlil qilish xaqida mukammal malumotlar berilgan. M.Mo`ydinovaning “Sotsiologiya” fanidan tayyorlangan ma’ruza matni oliy o`quv yurtlari talabalari, akademik litsey va maktab o`quvchilari, abiturientlar va o`qituvchilariga bag`ishlangan.
Maruza matnida talabalarning “Sotsiologiya” fanini yanada chuqur o`zlashtirishga yaqindan yordam beradi deb ayta olamiz.