Non o`zbek halqi dasturxonining ko`rki, muqaddas taom sanalib halqimizning turmush tarzi shu muqaddas nemat bilan chambarchas bog`liq bo`lib kelgan. Halqimizda non azaldan qadrli ne’mat sifatida e’zozlanadi. Hatto nonning ushog`ini isrof qilish ham gunohi azimlardan hisoblanib kelingan. Non-bulka mahsulotlari – tarkibida insonning normal hayot faoliyati uchun zarur oqsillar, uglevodlar, lipidlar, vitaminlar, mineral moddalar va ozuqa tolalari kabi ozuqa moddalari mavjud bo`lgan oziq-ovqat mahsulotlari hisoblanadi. Mazkur oziq-ovqat mahsulotlari yuqori energetik qimmati, engil hazm bo`lishi va yaxshi o`zlashtirilishi, ta’mining yoqimliligi, ommaviy iste’mol etiladigan boshqa ko`pgina mahsulotlarga nisbatan ancha arzonligi bilan ajralib turadi.