O’zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq yoshlar ta`lim-tarbiyasiga, ularning intellektual salohiyatiga jiddiy e`tibor berila boshlandi. Yosh avlodni yuksak ma`naviyatli, chuqur bilimli, keng mushohadali, vatanparvar, buyuk davlat barpo etish yo’lida ijodkor va faol qilib tarbiyalash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Respublikamizda bu borada keng miqyosli ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz “Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch” asarida bu xususda shunday degan edi: “... oxirgi yillarda ta`lim-tarbiya sohasida amalga oshirgan, ko’lami va mohiyatiga ko’ra ulkan ishlarimiz biz ko’zlagan ezgu niyatlarimizga erishish, hech kimdan kam bo’lmaydigan hayot barpo etish, yoshlarimiz, butun xalqimizning ma`naviy yuksalishi yo’lida mustahkam zamin yaratdi, desak hech qanday xato bo’lmaydi”.