"Davlat rahbarining joriy yil 23 avgustdagi qarori asosida 2017-2021 yillarda kimyo sanoatini rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Unda umumiy qiymati 3,1 milliard dollarga teng 43 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilib, sanoat mahsulotlari hajmini 2,4 marta, eksportni 2,7 barobar oshirish, ahalliylashtirilgan mahsulotlar ulushini 42,5 foizga yetkazish hamda 43ta yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarishni o`zlashtirish, 3,2 mingdan ziyod yangi ish o`rinlari yaratish
ko`zda tutilgan."