Ushbu metodik tavsiya barcha kurs tinglovchilari Word dasturidan foydalanib, dars ishlanmalar yaratishlari uchun xizmat qiladi. Chunki bunda 10 ta saralangan topshiriqlar va ularning bajarilishlari yoritilgan. Metodik tavsiyadagi topshiriqlar yaxshi o’zlashtirilsa, Wordda tashkil etilgan hujjatlarga chiroyli dizayn berish imkoniyatlari mavjud bo’ladi.