Moliya bozori modeli – iqtisodiyotni moliyalashtirishning turli usullari va turli moliyaviy vositachilar rolining ahamiyatiga bogʻliq holda bozorni tashkil etish tipidir. Iqtisodiyotni moliyalashtirishning ikkita asosiy usuli mavjud boʻlib, ular bank kreditlari yordamida moliyalashtirish hamda qimmatli qogʻozlar bozori orqali moliyalashtirishdir.