Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini o’z vaqtida va to’liq ijobiy hal etish ma’lum moliyaviy asosni talab etadi. Aynan moliyaviy asosning markaziy bo’g’inini davlat byudjeti tashkil etadi. Davlat moliyasini sog’lomlashtirish, davlat byudjeti daromadlarining barqarorligi, ularni shakllantirish manbalari mukammal nisbati va butligini ta’minlash O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan byudjet tizimidagi islohotlarning hozirgi bosqichida yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda.