Ushbu uslubiy ko’rsatma Namangan Davlat universitetining o’quv-uslubiy kengashi tomonidan 2018 yil 29-avgustda 1- sonli yig’ilishida tasdiqlangan “Jahon arxivlari tarixi va zamonaviy arxivshunoslik” fanining na’munaviy dasturi talablari asosida ishlab chiqildi. Mazkur uslubiy ko’rsatma oliy o’quv yurtlari Arxivshunoslik ta’lim yo’nalishining bakalavriat bosqichi talabalari uchun tayyorlangan bo’lib, unda arxivshunoslik ta’lim yo’nalishi o’quv rejasidagi fanlarga oid atamalar bo`yicha bilimlar, ko`nikma va malakalar berish belgilab berilgan.