Ushbu uslubiy ko’rsatmalar oliy matematika fanining muhim bo’limlaridan biri bo’lgan aniqmas integrallarga bag’ishlangan. Unda talabalarning mustaqil ravishda yechishlari uchun mo’ljallangan har birida 30 tadan misol bo’lgan 100 dan ortiq variant keltirilgan. Bu esa na faqat bir guruh, balki bir oqimda o’qiydigan barcha guruhning har bir talabasi uchun alohida variant taqdim etish imkonini beradi. Qo’llanmada namunaviy variantning barcha misollari batafsil yechimi bilan berilgan.