Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan qarorga asosan respublikamizda baliqchilik tarmog`ini ya’ni Karpsimonlar turkumiga mansub baliq turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturida tog`oldi va tog`li hududlarda baliqchilikni (sovuq suv akvakulturasini) va pasttekislik hududlarda esa iliq suvda rivojlanadigan baliqlar akvakulturasini rivojlantirishga doir vazifalar belgilab olingan. Shuningdek, kо`l, hovuz va suv omborlarida, daryo va kanallar bо`yi basseynlarida baliq yetishtirish yaxshi samara beradi.