Ma’lumki Respublikamizda ko’plab neft konlari bo`lib, ulardan turli xil tarkibga ega bo`lgan neft mahsulotlari olinadi. Hozirgi kunda ko`pgina neft moylari chet eldan import qilinmoqda. Shuning uchun sifatli neft moylari ishlab chiqarish va ishlatilgan neft moylarini qayta regeneratsiyalash kabi masalalar bugungi kunning asosiy masalalaridan biri bo`lib qolmoqda.