Kognitiv tilshunoslik va pragmalingvistikaning taraqqiyoti emotsiya bilan bog`liq bo`lgan ko`plab ishlar, tadqiqotlarning yuzaga kelishiga sabab bo`ldi. Bu hol lingvokulturologik jarayonda tipologik nuqtai nazardan olib borilishi esa emotivlik turlarining turli tillarda o`ziga xos ifodalanishini ochib berishga xizmat qilmoqda.