Qo`llanmaning birinchi qismida ehtimollik nazariyasi va matematik statistikaga asoslangan xatoliklar nazariyasining asosi yoritilgan. Xatoliklarning kelib chiqishi, topish usullari, xossasi va ularning ta’sirini kamaytirish usullari bayon qilingan. Ko`p marta o`lchangan bitta miqdorning haqiqiy qiymatini topish, teng aniqlikka ega bo`lgan yoki ega bo`lmagan miqdorlar va ikkilangan o`lchamlarni matematik qayta ishlash usullari yoritilgan.