Qora plyonkani g`o`za qator oraliqlariga to`shash yo`li bilan uni sug`orish soni va sug`orish me`yorini kamayadi. Mulchalash tuproqning suv, havo va issiqlik rejimiga ta`sir etadi. Bundan tashqari mulcha tuproqdagi biologik protsesslarni tezlashtirib, ekinlarni ozuqa moddalari bilan ta`minlanishini yaxshilaydi, o`simlikni rivojlanishi va pishib yetilishi tezlashadi va hosildorlik ortadi.