Bosim ostida quyish usulidan asosan termoplastik polimerlardan buyumlar olishda foydalaniladi. Bu usul bilan buyum olishda avvalo polimerni harorat ta`sirida qovushqoq-oquvchan qolga keltirib uni yopiq quyish qolipiga uzatiladi, so`ngra esa qolipda buyum shakllanadi (qolipni ichki bo`shliqini to`ldirish qisobiga) va sovitish tufayli qotadi.