Xozirgi vaqtda uch o’lchamli kompyuterli modellashtirish vositalari foydalanuvchilarning katta e`tiboriga ega bo’layapti va bu tasodifiy emas albatta. Ulardan foydalanish konstruktorlik-loyihalash ishlarini sifatli bajarilishi hamda foydalanuvchiga chizmalarni tez, sifatli, yuqori aniqlikda bajarish va qog’ozga chiqarish imkonini beradi.