Tabiatda ro`y beradigan barcha o`zgarishlar va hodisalar harakat deb ataladi. Materiya harakatining eng sodda turi, jism holatining o`zgarishidir, ya`ni moddiy jismlarning vaqt o`tishi bilan fazoda bir-birlariga nisbatan qo`zg`alishlaridir. Harakatning bu turi mexanik harakat deb ataladi.