Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so`ng iqtisodiyotning barcha sohalari kabi ta’lim sohasiga ham katta e’tibor qaratilmokda. O`zbekiston Respublikasi so`nggi 20 yil ichida sellyuloza va qog`oz ishlab chiqarish bo`yicha yuqori natijalarga erishdi. Avval O`zbekiston hududida yagona “Uzbum” nomli qog`oz ishlab chiqaruvchi korxona mavjud bo`lgan bo`lsa, hozirda bunday yirik korxonalar soni 7 taga etgan.10 dan ortiq kichik korxonalar sanitariya-gigiena talablariga javob beradigan qog`oz ishlab chiqarmoqdalar.