Oziq-ovqat mahsulotlarini turini va ularni ishlab chiqarishni kо`paytirish butun jahon muommasi hisoblanadi, shu jumladan yog`-moy sanoati oziq-ovqat sanoatining asosiy qismini tashkil etadi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, hozirgi kunda О`zbekiston Respublikasida ishlab chiqarish jarayonlarini yangi texnika va texnologiyalar bilan ta’minlash ishlari olib borilmoqda shuningdek, 2017-2021 yillarda О`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yо`nalishi bо`yicha harakatlar strategiyasi qabul qilindi.