O`zbek halqining qadimgi tarixini aks ettirgan «Avesto»da ham oila munosabatlari bilan bog`liq mantiqiy fikrlar ilgari suriladi. Unda qayd qilinishicha, erkak zurriyot qoldirish qobiliyatiga ega bo`lsa-yu, ammo uylanmasa, unga tamg`a bosishar yoki beliga zanjir bog`lab yurishga majbur qilishardi. «Avesto»da qarindoshlarning o`zaro oila qurishi man etilgan.