Mamlakatimizning istiqboli ko`p jihatdan barkamol intellektual salohiyatli avlodni shakllantirish va unga mos ta`lim–tarbiya olib borishga bog`liq va bunga mustaqil Respublikamizdagi ijtimoiy–tarixiy taraqqiyotning tezkor sur`atlar bilan rivojlanishi, fan–texnika va texnologiyalar sohalarida qo`lga kiritilayotgan yutuqlarning ta`lim–tarbiya sohasiga keng joriy etilishi asos bo`lmoqda. Bu asoslar o`z Vatanini va xalqini sevadigan, milliy mafkuramizga sadoqatli, mustaqil fikrlaydigan ijodkor shaxsni shakllantirishdek muammo echimini hal etishni ta`lim sohasidagi davlat siyosatining ustivor yo`nalishlaridan biri darajasigacha ko`tardi