Mantiqut-tayr. Farididdin Attor

Mantiqut-tayr. Farididdin Attor
Daraja:
Umumiy ta`lim
Turi:
Asarlar
Til:
O`zbek tilida (lot.)
Yaratilgan vaqti:
2021-04-20 03:44:14
«Mantiq ut-tayr» — Attorning eng mashhur masnaviysidir. Asar bir hikoyat bilan hoshiyalanib, orada yana ko`p kichik hikoyatlar keltirilgan. Hoshiya hikoyaning asli Muhammad yoxud Ahmad G’azzoliyga nisbat beriladigan «Risola ut-tayr»ga borib taqaladi. Ibn Sinoning ham «Tayr qissasi» tasavvufiy asari bor. Bu risolada qushlar Anqoni podshoh etib saylash uchun uni izlab, uzoq orolga — jaziraga borishga ahd qilishadi. Yo`lda ularning ko`pi halokatga uchraydi. Yo`lning oxiriga yetganlari - Anqoga: «Seni o`zimizga podshoh saylash uchun keldik», deydilar. Anqo istig`no ko`rsatib, podshoh bo`lmoq uchun ularga muhtoj emasligini aytadi va “Kelgan joylaringizga qayting”, deb buyuradi. Nihoyat ularning ahvoliga achinib, podshohlikni qabul qiladi. Attor bu hikoyani ko`pgina tafsilotlar bilan ziynatlagan. Turli-tuman qushlarning Hudhud bilan suhbatlarida Attor husni ta’lil san’atidan foydalanib, g`oyat yangi bir tarzda tasavvufiy, hikmatli fikrlarni ifodalaydi. Bundan boshqa, Anqo ismi o`rniga shoir Simurg` ismini qo`yish bilan «tajnisi murakkab» san’atidan foydalanib, «man a’rifa nafsaxu faqad a’rifa rabbahu» so`zining ma’nosini go`zal bir tarzda anglatgan (Kim o`zligini bilsa, Allohi taoloni ham biladi). Simurg`ni izlab kelgan qushlardan 30 nafari omon qoladi va oxiri «Simurg`» (30 qush) o`zlari ekanini anglab yetadilar. Boshqacha aytganda, odamlarning umr bo`yi izlagan orzusi ularning o`z qalbidadir. Gulshanriy 717-hijriyda «Mantiq uttayr»ga bir nazira yozgan bo`lib, undan bizgacha kattagina parcha yetib kelgan. (Qarang: F. Teshner. Das futuvvat kapitel in Gulshexris alt osmanissher Barbeytug fon Atgars Mantiqut-tayr. (Olmoncha.) Turk adabiyoti namunalari. Istanbul, 1926).

Дабавлено : 2021-04-20 03:44:14

Этот категорий

Солнома. Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Миромонович Мирзиёев фаолияти хроникаси

Solnoma. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev faoliyati xronikasi

Изменения в русском произношении

Понятие нормы и её признаки

O`zbek xalq og`zaki ijodida non madhi

Новый

Жиззах вилоятида туристик дестинацияларни ташкил этишнинг ҳудудий жиҳатлари

Таълим муассасаси раҳбарининг бошқарув фаолиятида соғлом ва ижодий муҳитни яратиш механизмларини такомиллаштириш

Ишлаб чиқариш таълими усталарининг касбий компетентлигини ривожлантириш

Eliptik qismi yuqori tartibli bo`lgan kasr tartibli xususiy hosilali differensial tenglamalar uchun to`g`ri va teskari masalalar

Саноат корхоналари ривожланишининг инновацион стратегияларини такомиллаштириш