Mazkur uslubiy qo`llanma oliy ta’lim tizimi Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki o`quv adabiyotlari turkumiga kiradi, davlat standartlari va namunaviy o`quv dasturi mazmuniga mos. Kitobda falsafa fani, uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli keng qamrovli yondashuvlar asosida yoritib berilgan. Uslubiy qo`llanma barcha oliy o`quv yurtlarida falsafa bilan shug`ullanuvchi bakalavr, magistr, mustaqil tadqiqotchilar, o`qituvchilar va umuman, falsafa muammolari bilan qiziquvchilarga mo`ljallangan.