Diplom loyiha ishini umumiy qismida avtotransport vositalari texnik servisi ishlarining mohiyati, O`zbekiston avtoservisini rivojlanishi va muammolari, diplom loyiha ishi mavzusini asoslash berilgan. Hisob-texnologik qismida yillik ishlab chiqarish dasturi, ish hajmi, ishlab chiqarish ishchilar soni, ASK maydonini hisobi hamda texnologik jihozlar hisobi va ro`yxati berilgan. Tashkiliy qismida avtoervis korxonalarida texnologik jarayonlarini tashkil etish, akkumulyatorlar batareyalarini ta`mirlash ustaxonasidagi ishlarni tashkil etish, akkumulyatorlar batareyalarini ta`mirlash ishlari texnologiyasi, akkumulyatorlar batareyalarini ta`mirlash ishlari bo`yicha texnologik xarita tuzish, avtoservis korxonalarini rejalashtirish berilgan.