Mazkur darslik Pedagogika oliygohlari bakalavr yo`nalishining barcha sohalari bo`yicha tahsil olayotgan talabalar uchun mo`ljallangan bo`lib, O`zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim davlat standartlari talablari asosida tuzilgan. Unda «Pedagogika nazariyasi va tarixi» kursi bo`yicha o`quv rejada ko`rsatilgan «Pedagogikaning umumiy asoslari», «Tarbiya nazariyasi», «Ta’lim nazariyasi (Didaktika) bo`limlariga monand mavzular kiritilgan.