Odam tanasi bosh, bõyin, qõllar, oyoqlar, kõkrak, qorin, сhanoq va bel kabi topografoanatomik sohalarga bõlib õrganiladi. Bosh va bõyin - inson tanasining anatomik jihatdan murakkab tuzilgan qismlaridir. Boshning oldingi - pastki bõlimini yuz, qolgan qismini bosh miya va uning barсha pardalarini õzida saqlovсhi kalla suyagining asosi va gumbazi tashkil qiladi.