Abu Ali ibn Sino ilm taraqqiyotiga katta hissa qo`shgan, O`rta Osiyo tuprog’idan yetishib chiqqan buyuk allomalarimizdan biri hisoblanadi. Buyuk allomaning fanlar olamida tajriba o`tkazmagan va qalam tebratmagan sohasi yo`q desa ham bo`ladi, ayniqsa tibbiyot xazinasiga qo`shgan ulkan hissasi bebahodir. Ibn Sino ko`p qirrali ilm sohibi bo`lgan buyuk siymodir. Tibbiyot olamida ibn Sinoning tabarruk nomi Gippokrat va Galen kabi buyuk allomalar bilan bir qatorda turadi.