Mazkur bitiruv malakaviy ishida qit’a janri taraqqiyotida munosib hissa qo`shgan ulug` shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning adabiy merosi asosiy o`rin egallagan. Ishda “Xazoyin-ul maoniy”dan o`rin olgan qit’alarning badiiyati, mavzular ko`lami, g`oyalar qamrovi, obrazlar tarkibi jihatidan o`ziga xosliklari masalasi talqin etilgan.