Fizik kimyo farmatsevt mutaxassislar tayyorlashda ham muhim rol о’ynaydi. Uchinchi semestrda asosan fizik kimyo, tо’rtinchi semestrda esa kolloid kimyo о’qitiladi. SHu sababli dastlab fizik kimyo haqida gap boradi. Bu fan bir tomondan anorganik, analitik, organik kimyoda olingan bilimlarni mustaxkamlasa, ikkinchi tomondan fizik va kolloid kimyo qonunlari yuqori kurslarda о’tiladigan biokimyo, farmatsevtik kimyo, toksikologik kimyo, dori turlari texnologiyasi, farmakologiya va boshqa fanlarni о’qitish uchun asosiy nazariy manbai bо’lib xizmat qiladi.