Mazkur dissertatsiya ishining tadqiqot ob`ekti sifatida Markaziy Farg`ona tabiat yodgorligining hayvonot dunyosi tanlangan. Shunga muvofiq tabiat yodgorligida tarqalgan hayvonlarning asosiy turlari, ularning bioekologiyasi, trofik aloqalari, ho`jalik ahamiyati va muhofaza chora-tadbirlari ishning predmetini belgilaydi.