O`zbekistonning eng yangi tarixida muhim bosqich sifatida kechayotgan so`nggi yillar (2016-2018)da ilmiy tadqiqotlarga, ilmiy muassasalarning faoliyatiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, O`zbekiston Oliy attestatsiya qo`mitasi kabilarni ishini yanada takomillashtirish bilan bog`liq chora-tadbirlarning hayotga joriy etilayotganligi fikrimizning dalilidir.