Mustaqil Respublikamiz oliy o’quv yurtlarida bugungi kun talablariga javob beradigan yetuk mutaxassislarni tayyorlashda ta`lim-tarbiya sohasidagi islohotlarning o’tkazilishizamirida bo’lajak mutaxassis kadrlarning salohiyati va bilim saviyasi yaxshilanmoqda. Aynan shu maqsadlarni ro’yobga chiqarishda «Kasb mahorati» fanining vazifasi nohoyatda muhimdir. Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar orasida Kadrlar tayyorlash sohasidagi islohotlar muhim o’rinni tutadi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da ham «Ta`lim to’g’risida»gi qonunida ham oliy ta`lim tizimida talabalarda kasbga oid bilimlarni, zarur ko’nikma, malakalarni shakllantirish lozimligi qayd etilgan. Hozirgi kunda «Kasb mahorati» fani faqat yosh mutaxassis kadrlarni shakllantirish uchungina zarur bo’lib, qolmasdan, balki uning roli jamiyatning barcha sohalarida muhim bo’lib qolmoqda. Ushbu fan bo’yicha talabalarga ma`ruza va amaliy mashg’ulotlar orqali talabalarda nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirish, topshiriqlarga ijodiy yondoshishi, mustaqil fikrlash, o’z bilimini muntazam ravishda oshirishga intilish hamda adabiyotlardan keng foydalanish kabi xususiyatlarni rivojlantirish va shu tariqa raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga erishishdir.