Ushbu ma`ruzalar matnlari 5320300 –Texnologik mashinalar va jixozlar ta’lim yo’nalishi uchun mo’ljallangan bo’lib, unda С++da dastur tuzish xaqida ma’lumotlar keltiligan. Ma’lumki, programma mashina kodlarining qandaydir ketma-ketligi bo`lib, aniq bir hisoblash vositasini amal qilishini boshqaradi. Programma ta’minotini yaratish jarayonini osonlashtirish uchun yuzlab programmalash tillari yaratilgan. Barcha programmalash tillarini ikki toifaga ajratish mumkin:
- quyi darajadagi programmalash tillari;
- yuqori darajadagi programmalash tillari.