Elektron darsliklar va qo’llanmalarning yaratilishi, ularning o’quv jarayoniga qo’llanilishi, ta’lim muassalarida elektron kutubxona yaratishni taqozo etadi. Bundan ko’rinib turibdiki, ta’lim muassalarida yagona katolog tizimiga ega bo’lgan kutubxonalarning paydo bo’lishi va lokal tarmoqning yaratilishi kutubxonalarga bog’liq muammolarni echishga olib kelishi bilan bir qatorda, ular faoliyatini samaradorligini oshirishga va muvofiqlashtirishga imkon beradi.