Darslikda bayon etilayotgan materialda asosan umumiy ishlarga mo`ljallangan eng keng tarqalgan payvandlash materiallarini ko`plab ishlab chiqarishni tashkil etish masalalari emas, balki maxsus ishlarga mo`ljallangan yangi materiallar ishlab chiqish uchun zarur bo`lgan ma’lumotlar ko`rib chiqiladi. Ilova sifatida turli payvandlash materiallariga, qo`llaniladigan xom ashyo turlariga oid davlat standartlaridan olingan ayrim ma’lumotlar va ba’zi boshqa ma’lumotlar keltirilgan.