Mahoratli yozuvchi Pirimqul Qodirovning ushbu asari o`zbek adabiyotining eng sara tarixiy romanlari sirasiga kiradi. Unda Movarounnahrdek ulkan saltanatning parchalanib ketishi, Temuriylar sulolasining inqirozi, hokimiyatga erishish ilinjida taxt talashib, bir-birlariga qilich ko`targan og`a-ini, tog`a-jiyanlarning fojiaviy qismati aks ettirilgan.