Hayvonlarning salomatligini va mamlakatimiz hududining sog’lomligini ta’minlashda yuqori malakali va yuqori iqtisodiy samara beruvchi veterinariya xizmatini tashkil etish hamda uni amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Respublika aholisini chorva mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini qondirish maqsadida, chorvachilikning barcha sohalarini rivojlantirish maqsadga muvofiq deb hisoblaydilar.
Mamlakatimiz ishlab chiqarish va intellektual salohiyatining yarmidan ortig’i muayyan tarzda bevosita qishloq xo’jaligi bilan bog’liq. Qishloq xo’jalik mahsuloti mamlakatda valyuta tushumlarining 55 foizidan ortig’ini ta’minlaydigan muhim eksport manbalaridan biri hisoblanadi.Bu masalaning iqtisodiy jihati. Ijtimoiy sohada esa mamlakatning qishloq joylarida istiqomat qiladigan aholisining katta qismining, butun Respublika aholisining tushuntirish darajasi, uning moddiy farovonligi qishloq xo’jaligidagi ishlarning ahvoliga uni rivojlantirish samaradorligiga bog’liq.
Eng muhimi bu – muammoning siyosiy jihatidir. Bugun biz shuni tobora chuqur anglab yetayapmizki, jamiyatimizning umuman yangilanishi, demokratik jarayonlarining rivojlanishi va ko’p jihatdan qishloq xo’jaligida islohotlar nechog’li samarali kechayotgani, qishloq hayotining barcha jabhalarida qanchalik chuqur kirib borayotgani bilan bog’liq.
Bu vazifalarni hal qilish uchun nafaqat amaliyot, balki fan oldida katta vazifalar turibdi.
O’zbekiston Respublikasi hukumati va mamlakatimizning birinchi Prezidenti I.A. Karimov tomonidan keyingi yillarda qishloq xo’jaligini, ayniqsa