Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartiga muvofiq ushbu o`quv qo`llanma 440000 - Veterinariya ta’lim sohasida o`qitiladigan “Hayvonlar anatomiyasi” fanining tarixi va rivojlanish tendensiyasi, istiqboli, hayvon organizmini organlar tizimi, har bir tizimlardagi organlarni anatomik tuzilishi, turli hayvonlar organlarining tuzilishidagi qiyosiy anatomiyasini, hayvon organlarini hayvon zoti, turi, yoshi va tashqi muhit ta’sirida o`zgarishlarni o`rganishni qamrab olgan. Bu fan veterinariya mutaxassislarini shakllantirishda fundamental fan bo`lib hisoblanadi.