Dostonning yozib olingan va ijro etilgan variantlari juda ko`p. Darhaqiqat, “Kuntug`mish” dostoni o`zbek xalq dostonlari orasida g`oyaviy-badiiy jihatdan yetuk asarlardan biridir. Uning xilma-xil ko`rinishdagi variantlari ko`pligining boisi shundaki, ilgari baxshilaming iste’dodiga, ushbu dostonni qanday aytishiga qarab baho berilgan, natijada barcha baxshilarimiz “Kuntug`mish” dostonini to`la o`zlashtirishga intilganlar.