Ushbu o`quv-uslubiy qo`llanma musiqiy kasb-hunar kollej va akademik litseylarining o`quvchilari hamda damlicholg`ular orkestrlari rahbarlari uchun moMjallangan bo`lib, ish faoliyatida uchraydigan yengilroq pyesa, qo`shiq va raqs kuylarini mustaqil cholg`ulashtirish ko`nikmalarini shakllantiradi. Kitobda damli cholg`ular orkestri tarkibi, uning guruhlari, cholg`u asboblari to`g`risida umumiy ma’lumotlar berilgan va cholg`ulashtirishning asosiy tamoyillari bayon qilingan hamda ushbu kasb bilan shug`ullanuvchilar uchun zaruriy bilimlar keltirilgan. Shuningdek, qo`llanmada partitura eskizini tuzish, uni rasmiylashtirish va orkestr partiyalari (ovozlari)ni yozish
to`g`risidagi ma’lumotlar ham keltirilgan. Cholg`ushunoslik va cholg`ulashtirishga aloqador misol va namunalar damli cholg`ular orkcstrining deyarli keng
tarqalgan kichik tarkibiga mo`ljallangan.