"Go`ro`g`li" dostonlarini ko`p bilgan va go`zal kuylay olgan baxshilar ularning sonini "qirq" raqami bilan belgilaydilar. Ammo ularning hammasini to`la bilgan baxshilar aniqlangan emas. Faqat ayrim baxshilarning "Go`ro`g`li" dostonlarini ko`p bilganligi qayd etilgan, xolos. Bizning kuzatishimizcha, "qirq" raqami an`anaviy bo`lib, u haqiqiy holni ifoda etmaydi.