"Qo`llanmada asosiy fizikaviy jarayonlar, qonun va qonuniyatlardan
tashqari ularning tehnika va turmushda qo`llanilishiga doir misollar ham keltirib
o`tilgan. Bu o`quv qo`llanmadan fizika fanini bilish talab qilinadigan boshqa tabiiy
va tehnik yo`nalishda taqsil olayotgan talabalar ham foydalansa bo`ladi. Qollan-
mani yaratishda talabalarga qiziqarli bo`lishi, tushunishga oson bo`lishi bilan bir
qatorda iloji boricha ko`proq ma`lumotni qamrab olinishiga e`tibor berildi.
Yerdagy fizikaviy jarayonlarni organishda asosan, issiqlik harakati, elektrofizik ja-
rayonlar, magnit maydoni va zarralaraning kvant tabiati bilan bog`liq ta`sirlar aso-
siy rolni o`ynagani sababli, mavzularni bayon qilishda asosiy e`tibor fizikaning
molekulyar, elektr bo`limlarini va kvant fizikasi elementlarini bayon qilishga, tala-
balarning bu sohadagi falsafiy mushohada yuritishlariga qaratilgan."