"Dissertatsiya ishida Otquloq o`simligidan peroksidaza fermentini ajratish, xususiyatlarini o`rganish va toza ferment preparatini olish tadqiq etilgan. Ushbu magistrlik ishida ilk marta O`zbekiston iqlimi sharoitida tabiiy holda o`suvchi, turli yovvoyi: yirik bargli zubturum
(Plantago major), otquloq (Rumex crispus), yer qalampiri (Аrmorasia
rusticana) va oq sho`ra (Chenopodium album) o`simliklarini skrining qilish
yo`li bilan yuqori peroksidaza aktivligiga ega bo`lgan o`simlik peroksidazasi
aniqlandi va bir qancha xususiyatlari o`rganildi. Otquloq (Rumex crispus)
o`simligidan ajratilgan peroksidaza fermenti gelfiltratiya usuli yordamida
tozalandi va aktivligi o`rganildi. "