"Mazkur o`quv qo`llanmada geoekologiyaning o`rganish ob`ekti va
predmeti, rivojlanish tarixi, geoekologik tadqiqotlarda amal qilinadigan
konsepsiyalar, prinsiplar, yondashuvlar va qo`llaniladigan usullari
yoritilgan. Shuningdek, geoekologik omillar, geoekologik baholash,
geoekologik monitoring, geoekologik prognozlash, geotizimlarda
bo`layotgan tabiiy va antropogen jarayonlarni o`rganish va geotizimlarning
inson uchun qulay yoki noqulaylik darajasini baholash, geoekologik
vaziyatni yaxshilash va tabiiy muhitni optimallashtirish chora-tadbirlarini
loyihalash va boshqa mavzular bayon etilgan.