Hozirgi paytda neft va gaz energiyaning asosiy manbai bo`lib qolganligi uning
iqtisodiy va siyosiy mavqeini oshirdi. Hozirgi zamon iqtisodiyotida energiya resurslari
yetakchi rol o`ynaydi. Hatto har bir davlatning ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi
energomanbalarni iste’mol qilish darajasi bilan o`lchanadi. Butun dunyoda qazib
olinayotgan foydali qazilmalarning uchdan ikki qismidan ko`prog`ini energiya
manbalari tashkil etadi.
Neft va gaz muhim kimyoviy xom ashyo bo`lib, hozirgi zamon sanoati va
energetikasi barcha turlarida uning mahsulotlaridan qandaydir miqdorda foydalaniladi.
Respublikamiz mustaqilligidan so`ng, barcha sohalar qatorida neft va gaz sanoati
rivojlanishiga alohida e’tibor berilib, to`liq yoqilg`i ta’minoti mustaqilligiga erishildi.